Toshkentda “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan “Mashinasozlar metrosi – Yangi O‘zbekiston bog‘i” yo‘nalishi bo‘ylab yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda.

Boshqarma xabariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatish istagida bo‘lgan tashuvchilarning arizalari 2021 yil 10 oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi. 

Yo‘nalishning umumiy uzunligi 13 km, yo‘lga ketadigan vaqt – taxminan 36 daqiqa. Bu yo‘nalishda 6 ta avtobus ishlaydi, ular orasidagi interval 12 daqiqani tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

230

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing