Toshkentda yangi bino uchun qazilgan handaqqa 2 mashina tushib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 8 iyul kuni Toshkent shahrida qurilayotgan yangi binoning poydevori uchun qazilgan handaqning bir chetida yer o‘pirilish hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda handaq chetidagi yo‘lda turgan Matiz va Spark rusumli avtomobillar handaq ichiga tushib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, voqea bugun, 8 iyul kuni taxminan soat 12:00 larda Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasida ro‘y bergan. Hodisa to‘g‘risida FVVga xabar kelib tushmagan. Tarqalgan xabar yuzasidan voqea joyiga shahar va tuman FVB xodimlari chiqib, o‘rganish ishlarini olib borgan. Avtomobillar maxsus texnika yordamida handaqdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtomobil' handaq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing