Singapurlik olimlar koronavirusni bir necha daqiqada aniqlaydigan test taqdim etishdi
Olam
−
20 Oktabr 2020
6680
Singapurlik olimlar qisqa vaqt ichida koronavirusni aniqlaydigan yangi test taqdim etishdi. Bu haqda Breathonix kompaniyasi bayonotiga asoslanib xabar berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi turdagi testda koronavirus bor yoki yo‘qligi nafas olish yo‘li orqali aniqlanadi.
Birinchi klinik sinovlarda Singapur Milliy yuqumli kasalliklar markazining 180 nafar bemori ishtirok etgan. Tadqiqotlar natijasida 90 foiz aniqlik kuzatilgan.
Shuningdek, yaqin kelajakda yana 600 nafar ko‘ngillida test o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
"Bunday testerdan foydalanish uchun maxsus o‘qitilgan xodimlar kerak bo‘lmaydi. Diagnostika odam eng gavjum bo‘ladigan joylarda, masalan, aeroportlarda o‘tkazilishi mumkin. Natijalar bir necha daqiqada ma’lum bo‘ladi", deya ma’lumot bergan Singapur Milliy universiteti vakili Szya Chjunan.
Ma’lumot uchun, Singapurda 57 ming 921 kishi koronavirus yuqtirgan. 57 ming 819 nafar bemor sog‘ayib ketgan. 28 kishi vafot etgan.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar 40 milliondan oshgan. 27,7 million odam sog‘aygan. 1,12 million kishi virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr