Test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi
3-sahifa
−
29 iyul
3699Toshkent shahrida OTMga kirishda topshiriladigan test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismi xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs 23 yoshli J.I.ning ishonchiga kirib, Toshkentdagi oliygohlarning biridagi test savollariga to‘g‘ri javoblar ro‘yxatini topib berishni va’da qilgan. Jabrlanuvchi uning hisob raqamiga 885 096 so‘m o‘tkazgan. Shundan keyin, u umuman aloqaga chiqmay qo‘ygan.
“O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgar 22 yoshli X.O. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur ish bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi