Toshkentda yana bir ko‘cha vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori kuchlanishli (10 kV) yerosti elektr uzatish kabel liniyalarini o‘tkazish ishlari boshlanmoqda. Mazkur loyiha iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchliligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan bugun, 10 aprel soat 10:00 dan 30 aprel soat 17:00 gacha Sultoniya ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidan to Sultoniya 5-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport harakati qisman cheklanadi. Harakatlanish bir qatorda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yirik sport tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 13 aprel kuni tungi soat 00:00 dan kunduzgi soat 16:00 ga qadar Yangi O‘zbekiston ko‘chasida hamda unga tutash ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing