Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 aprel kuni Toshkent shahrida yirik sport tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida quyidagi yirik sport tadbirlari o‘tkaziladi:

  • Triatlon sport turining duatlon yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar hamda havaskorlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati;
  • VII Toshkent xalqaro marafoni;
  • “Inson uchun” xayriya yugurish musobaqasi.

Shu munosabat bilan 2025 yilning 13 aprel kuni tungi soat 00:00 dan kunduzgi soat 16:00 ga qadar Yangi O‘zbekiston ko‘chasida hamda unga tutash ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 4 aprel kunidan 9 aprelga qadar Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqining 150-yubiley assambleyasi tadbirlari o‘tkazilishi sababli yuk transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing