Toshkentda yana bir xalqaro universitet filiali ochiladi

Jamiyat

image
Angrenda Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti tashkil etiladi north_east

Angrenda Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti tashkil etiladi

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi "Sankt-Peterburg davlat universiteti" filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar Matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, mazkur filial Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahri, Mirobod tumani, M.Oybek ko‘chasi, 16A uy manzilida joylashadi. Unda ta’limning kelishilgan asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi.

Filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq, Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilangan ta’lim standartlariga mos ravishda rus tilida olib boriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda universitet tomonidan belgilangan talablar, tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.

Avvalroq, Samarqandda 2 ta yangi OTM ochilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqaro universitet

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar