Angrenda Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti tashkil etiladi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
7013Angrenda Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti tashkil etishi bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Qarorga ko‘ra, Angren shahar hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Janubiy Koreya Kukmin universiteti KBFBSI va "G-global star group" investorlar guruhining (Janubiy Koreya) oliy ta’lim sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun Angren shahrida Kukmin universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Universitet faoliyati O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining amaldagi qonunchiligi, ikki davlat o‘rtasida imzolangan xalqaro shartnomalar, shuningdek Ta’sischilar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Universitetda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlanadi.
Universitetda o‘qitish ingliz, koreys, rus va o‘zbek tillarida olib boriladi. Shuningdek, o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Kukmin Universiteti KBFBSI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Uzoq hududlardan kelgan va yotoqxonaga muhtoj talabalarni ta’minlash uchun Universitet hududida 400 o‘rinli talabalar turar joyini quriladi. Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Kukmin Universiteti KBFBSIning belgilangan namunadagi diplomini beriladi.
LiveBarchasi