Toshkentda yana bir elektromobil yonib ketdi
3-sahifa
−
18 aprel 5590 1 daqiqa
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 17 aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulug‘bek tumani Yalang‘och mavzesida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yong‘in soat 23:59 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumani Furqat ko‘chasida quvvat olayotgan elektromobil yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi