Toshkentda yana 4 ta mashina to‘qnashdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 24 mart kuni soat 00:10 larda Chilonzor tumani Taxtagul-KXAY ko‘chalari kesishgan chorrahasida BMW haydovchisi harakat davomida Matiz'ning orqa qismiga borib to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng BMW avtomobili KIA'ning chap tomoniga urilgan, to‘qnashuv zarbidan esa KIA avtomashinasi bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Malibu 2 bilan to‘qnashgan.

Ushbu YTH oqibatida BMW avtomashinasi haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi, shuningdek KIA avtomashinasining haydovchisi va 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohat olgan, ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 6 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing