Toshkentda voyaga yetmagan shaxs ishdagi sherigini shafqatsizlarcha o‘ldirdi
Jamiyat
−
13 aprel 2019
7317Joriy yilning 11 aprel kuni soat 13:15 da Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Yashnobod tumani, S.Mashxadiy 1-berk ko‘chasi, 12-uy hovlisidagi quduq ichidan fuqaro A.X.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu xonadon aslida fuqaro A.I.ga tegishli bo‘lib, u yerda hech kim yashamasligi, balki taxminan 2018 yilning yanvar oyidan ushbu xonadonda tadbirkorlik maqsadida baliq ko‘paytirilishi, bu yerda marhum A.X. va voyaga yetmagan fuqaro K.Sh. norasmiy ravishda ishlab kelishganligi ma’lum bo‘ldi.
10 aprel kuni hovlida hech kim bo‘lmagan paytda, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, K.Sh. qasddan o‘ldirish maqsadida, shu yerda bo‘lgan bolg‘a bilan A.X.ning bosh qismiga bir necha marotaba urib, o‘ldirganligi, so‘ngra jinoiy izlarini yashirish uchun murdani hovlidagi quduq ichiga tashlab yuborib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan.
Sudga oid tibbiy ekspertizasining 11 apreldagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.X.ning o‘limi 1 sutka avval olingan og‘ir tan jarohatlari natijasida yuzaga kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 11 aprelida Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan voyaga yetmagan K.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi JPKning 345-moddasiga asosan tergov harakatlarini davom ettirishlik uchun Toshkent shahar IIBB HTBga yuborilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. K.Sh. tegishli protsessual tartibda ushlangan.
LiveBarchasi