Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigit qamaldi
3-sahifa
−
01 may
6011Toshkent shahri ko‘chalarining birida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan 27 yoshli yigit qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 1 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida sudya Bahrom Berdiyev tomonidan voyaga yetmagan qizga nisbatan shilqimlik qilgan 1997 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.
Sudlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “g” bandi bilan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda mashinasiga chiqqan yo‘lovchi ayolning qaddi-qomatini ta’riflab, shilqimlik qilgan haydovchi 5 sutkaga qamalgandi. Metropolitenning Chilonzor yo‘nalishida elektropoyezd vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan ayol kishiga shilqimlik qilgan yigitga nisbatan ham 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi