Toshkentda “VAZ-2107” yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida “VAZ-2107” avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 10 yanvar kuni soat 09:46 larda Shayxontohur tumani, “O‘qchi” MFY, B.Zokirov ko‘chasida to‘xtab turgan, fuqaro D.S.ga tegishli “VAZ-2107” avtomobilining elektr simlarida qisqa tutashuv yuz bergan. Oqibatda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

“Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda ikkita fura to‘qnashib, yonib ketgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent VAZ-2107

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made