Toshkentda o‘zganing plastik kartasidan 11 mln so‘m o‘g‘irlagan yigit qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

O‘zganing plastik kartasidan 11 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini yechib olgan 24 yoshli shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Aytilishicha, Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 29 yoshli K.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 11 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

“Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 24 yoshli I.A. sodir etgani aniqlandi”, deyiladi xabarda..

Shuningdek, I.A. jabrlanuvchi K.A.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini "bank operatori" sifatida tanishtirib, SMS xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritgan. Osongina topilgan 11 mln so‘m miqdoridagi pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

kiberjinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing