Toshkentda o‘zganing kartasidan 460 mln so‘m yechib olgan shaxslar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
12 yanvar
5903Toshkentda fuqaroning hisob raqamidan 460 mln so‘m yechib olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqarmaga murojaat qilib, kartasidan noma’lum shaxslar tomonidan 460 mln so‘m yechib olinganini ma’lum qilgan.
Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jinoiy guruh a’zolari ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular jabrlanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, unga tegishli pullarni mobil ilovalar orqali yechib olgan.
Hozirda holat yuzasidan firibgarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda. Shuningdek, qo‘lga olingan shaxslarning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi tekshirilmoqda.
Toshkent IIBB fuqarolardan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining telefon raqamiga (71 206 49 44) qo‘ng‘iroq qilib, ariza berishlarini so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib olgan shaxs ushlangandi.
Javohir Yo‘ldashov