Toshkentda uy-joy masalasida eksperiment o‘tkaziladi
Jamiyat
−
07 dekabr 2020
11739Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Toshkent shahrida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish va taqsimlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat loyihasi bilan Toshkent shahrida ijtimoiy uy-joylarga murojaat qilish davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy qilish belgilanmoqda.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida ekcperiment tariqasida tadbiq etilayotgan ijtimoiy uy-joylarga murojaat qilish Davlat xizmatlari joriy etilishi tizimi o‘z samaradorligini ko‘rsatgan taqdirda, mamlakat bo‘ylab mazkur tizim 2021 yil 1 iyuldan boshlab tadbiq etiladi.
Qayd etilishicha, quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin:
• turar joy maydoniga ega bo‘lmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yerto‘lalar)da yashovchi fuqarolar;
• har bir oila a’zosi o‘n olti kvadrat metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun — yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lgan turar joy bilan ta’minlanganlar;
• yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar shuningdek, o‘qishlari sababli yotoqxonalarga ko‘chib o‘tgan fuqarolar mustasno;
• qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila bo‘lib bir kvartirada yashovchilar;
• uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar.
LiveBarchasi