Toshkentda o‘tgan muay-tay kechasida qanday natijalar qayd etildi?

Sport

image

Kecha, 20 noyabr kuni Toshkent shahrida professional muay-tay bo‘yicha “U1” turniri o‘tkazildi. Unda 7 nafar o‘zbekistonlik sportchilar ringga ko‘tarildi. 

Oqshomning markaziy jangida O‘zbekiston vakili Jahongir Muhammadi slovakiyalik Lukas Mandenich bilan Intercontinental chempionlik kamari uchun bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchradi. To‘liq 5 raund davom etgan bellashuvda Madenich hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alabaga erishdi. 

Bundan tashqari, ringga ko‘tarilgan olti nafar o‘zbekistonlik muay-tay ustalarining barchasi raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi:

Mavlon Qahhorov - Husayn Nosiri (Eron);
Shohrux Xolmuradov - Viktor Xugo (Braziliya);
Mansurbek Tolipov - Omar Moreno (AQSH);
Naimjon To‘xtaboyev - Lassana Kulibali (Mali);
Mavlud Tifiyev - Viktor Ximenes (Ispaniya) (texnik nokaut);
Bobir Tagiyev - Abulfazl Alipur (Eron). 

Eslatib o‘tamiz, jang oqshomida muay-tay bo‘yicha 18 karra Jahon chempioni gretsiyalik Mayk Zambidis faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Muay-tay Jahongir Muhammadi Lukas Mandenich Mayk Zambidis

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing