Toshkentda ustaxonadagi Opel yonib ketdi

3-sahifa

Bugun, 10 noyabr kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanida ustaxonadagi avtomobil yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 14:10 larda Uysozlar ko‘chasida joylashgan transport vositalarini sozlash ustaxonasida qoldirilgan, fuqaro A.R.ga tegishli Opel Vestra rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur yong‘in yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB YHXB hamda FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

IIBB barcha haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini, transport vositasi sozlovchilaridan esa xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda ish olib borishlarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

146

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing