Toshkentda o‘smir 5-qavatdan tushib ketib, vafot etdi
3-sahifa
−
06 avgust
8366Toshkentda 15 yoshli o‘smir yashash xonadonining derazasidan tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 4 avgust kuni Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X. S. yashash xonadonining 5-qavat derazasidan o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yerga tushib ketgan. U tez yordam mashinasida RSHTYOIMga olib kelingan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo muolajalarga qaramasdan o‘smir vafot etgan.
Marhum 2-guruh nogironi bo‘lganligi, shuningdek, aqli zaifligi sababli ruhiy asab kasallar dispanserida ro‘yxatda turganligi ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda ikki kishi 21 yoshli bank kassirini 3-qavatdan tashlab yuborgandi.
LiveBarchasi