Toshkentda o‘quvchining maktabga qurol bilan kelgani shov-shuv bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida maktab o‘quvchisi maktabga qurol bilan kelgani aks etgan fotosuratlar tarqaldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi izoh berdi.

Unga ko‘ra, haqiqatan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli umumta’lim maktabi 8-“B” sinf o‘quvchisi I.A. o‘yinchoq to‘pponchani beliga qistirib, sinf doskasi oldida turgan holatidagi fotosuratini Instagram sahifasiga joylagan. Keyinchalik bu fotosurat boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida tarqalib, ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgan. 

Mazkur holatdan so‘ng, maktab ma’muriyati tomonidan “Oqqo‘rg‘on” MFY inspektori, ota-onalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. O‘quvchining onasi holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan. O‘quvchining o‘yinchoq to‘pponchasi mahalla inspektori tomonidan olib qo‘yilgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qurol Mirzo Ulug'bek tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing