Toshkentda o‘quvchilar dars xonasida sigareta chekdi. Holat uyushtirilgani aytilmoqda
3-sahifa
−
29 may
6504Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 28-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning bir qismi dars vaqtida sigareta chekayotgani, qolgani esa telefon o‘ynab o‘tirgani tasvirlangan videolar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, tumandagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2024 yil 25 yanvarga qadar faoliyat yuritgan I.Q ismli shaxs bir necha oydan buyon maktab direktori faoliyatiga noqonuniy aralashib, uni obro‘sizlantirishga uringan. Direktorga tuhmat qilib, asossiz videolar olib, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Shuningdek, turli yuqori tashkilotlarga yolg‘on ma’lumotlar bilan murojaat qilgan.
Bildirilishicha, tarqalgan videolavha ham aynan I.Q tomonidan uyushtirilgan.
Aniqlanishicha, 5 oy muqaddam fuqaro I.Q 11-sinf o‘quvchilarining ishonchiga kirib, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalangan. Xususan, o‘quvchilarning videoda tasvirlangan holatini uning o‘zi tashkillashtirgan. Bundan maqsad ayni damda muassasada faoliyat yuritayotgan rahbariyatni obro‘sizlantirish, ijtimoiy tarmoqlarda sazoyi qilish bo‘lgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan maktab direktori G.Sh o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro I.Q ustidan shikoyat xati kiritgan. Ayni damda huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyatida maktab direktori unga gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini bildirgan o‘quvchi qizni urib, unga jarohat yetkazgandi.
LiveBarchasi