Toshkentda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktablardan birida o‘qituvchi hamda o‘quvchi o‘rtasida tortishuv aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 19 noyabr kuni Sergeli tumanidagi 300-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda 9-L sinfida matematika darsida o‘qituvchi M.J. o‘quvchi U.Yu.ga telefondan foydalanib, darsga xalaqit bergani uchun tanbeh bergan. O‘qituvchining bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, o‘quvchi hurmatsizlik qilishda davom etgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchiga qo‘l ko‘targan. 

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha o‘qituvchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan. Maktabda navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilib, barcha ustozlarga bo‘lgan vaziyat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

Shuningdek, dars vaqtida telefondan foydalanmaslik bo‘yicha tartibni buzgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda maktab o‘qituvchisi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini urgani va hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘z xohishi bilan lavozimidan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing