Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchiga shahvoniy shilqimlik qildi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Sergeli tumanida o‘qituvchi o‘quvchiga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 mart kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan 322-maktab o‘qituvchisi 10-sinf o‘quvchisini  har-xil baxonalar qilib, xonasiga chaqirgan. Shundan so‘ng, o‘qituvchi eshikni qulflab, o‘quvchiga qarata “kel bir quchoqlay” degan.

Sud majlisida sudlanuvchi bunday holat boshqa qaytarilmasligini va unga yengillik berishni so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, o‘qituvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkent shahrida 10 yoshli o‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchiga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani xabar qilingandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, muallimga nisbatan sud qarori bekor qilinishi uchun prokuror protesti kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent o'qituvchi shahvoniy shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing