Toshkentda uchta uy yondi

Jamiyat

image

Kecha, 12 avgust kuni 22:23 da Toshkent shahri Mirobod tumani “Tong Yulduzi” mahallasida joylashgan 1, 174 va 178-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 22:48 da qurshab olingan va 23:30 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘inda Hamal ko‘chasi 1-uyda yashovchi fuqaro O.M. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.

Hamal ko‘chasidagi 1-uyning 130 kv m maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib, alanga maydoni kengayishi oqibatida Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan 174 va 178-uylardagi xujraxonalarining 10 kv m maydondan tom qismi yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 105 kv m maydoni saqlab qolingan.

Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing