Toshkentda uchta avtomobil va skuter to‘qnashdi

3-sahifa

image

Kecha, 14 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida uchta avtomobil va skuter ishtirokida yo‘l-transport  hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 23:40 larda Muqimiy ko‘chasida yuz bergan. 2002 yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvidagi Cobalt, 1990 yilda tug‘ilgan Sh.Y. boshqaruvidagi Monza, 2005 yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvidagi skuter  va 1999 yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi Spark to‘qnashgan.

“YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida 7 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

skuter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made