Toshkentda uch erkak va bir ayol spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkentning Yashnobod tumani hududida fuqarolar iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan spirtli mahsulotlarni iste’mol qilib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Yashnobod tumani, Qorasuv ko‘chasi, 29B-uy, 47-xonadondan 4-sonli shahar klinik shifoxonasiga “noma’lum etiologiyali koma” tashxisi bilan olib kelingan 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro R.Yanberdin shifoxonada vafot etgan.

Bundan tashqari, 9 oktyabr kuni spirtli ichimlik iste’mol qilib, 4-sonli shahar klinik shifoxonasiga “noma’lum koma” tashxisi bilan olib kelingan fuqarolar 1980 yilda tug‘ilgan I.Chalchenko, 1957 yilda tug‘ilgan V.Lukanin hamda 1966 yilda tug‘ilgan T.Dmitriyeva ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etishgan.

Xuddi shu kabi, 9 oktyabr kuni T.Dmitriyevaning o‘g‘li 1989 yilda A.Gadelshin RSHTYOIM toksikologiya bo‘limiga “noma’lum etiologiyali koma holatida o‘tkir zaharlanish” tashxisi bilan olib kelingan.

9 oktyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

spirtli ichimlik

Baholaganlar

531

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing