Chuyda erkak xotinini urib o‘ldirdi

Olam

image

Qirg‘izistoning Chuy viloyatida 47 yoshli ayol spirtli ichimlik ichgan eri tomonidan kaltaklanib o‘ldirildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 dekabr kuni So‘quluq tumani IIBga Blijniy Orol qishlog‘idagi uylardan birida 1978 yilda tug‘ilgan ayolning vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng voqea joyiga tergov guruhi jo‘natilgan. Jismoniy tekshiruv vaqtida ayolning tanasida ko‘plab ko‘karishlar va ezilgan joylar borligi aniqlangan. Jasad o‘likxonaga yuborilgan hamda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Sud-tibbiyot ekspertining dastlabki xulosasiga ko‘ra, fuqaroning o‘limiga yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi, shuningdek, berilgan zarbalar oqibatida bosh terisi jarohatlari sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130 moddasi (badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ayolning tan jarohati olishiga uning turmush o‘rtog‘i sabab bo‘lgani, erkak bir kun avval spirtli ichimlik iste’mol qilgani va xotinini ayovsiz kaltaklagani aniqlangan.

Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 96 moddasiga asosan 1969 yilda tug‘ilgan erkak (marhumning turmush o‘rtog‘i) qo‘lga olingan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Xabarga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan sudga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Qozog‘istonda Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning sobiq maslahatchisi  Yerjan Boboqumarov kaltaklab o‘ldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Jinoyat kodeksi spirtli ichimlik kaltaklanib o'ldirildi 47 yoshli ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing