Toshkentda to‘y korteji jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyulidan 2 iyuliga o‘tar kechasi Toshkent shahar IIBB YHXB 376 ta qoidabuzarlikni aniqladi. 

Qoidabuzarlar orasida to‘y kortejida harakatlangan 7 ta avtomobil ham bor. Ular guruh bo‘lib harakatlanib, yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligiga tahdid qilgani uchun tegishli tarzda ma’muriy bayonnoma tuzilib, jarimaga tortilgan. Ularning orasida Captiva haydovchisi 56 yoshli Shuhratboy Yu., Toyota mashinasi haydovchisi 48 yoshli Jamshid M., Toyota haydovchisi 44 yoshli Baxtiyor G., Mercedes Benz haydovichisi 30 yoshli Sherzod M., Mercedes Benz haydovchisi 29 yoshli Shavkat X., Mercedes Benz haydovchisi 40 yoshli Baxtiyor A. va Nexia haydovchisi 28 yoshli Husan J. bo‘lgan.

YHXB xodimlari qoidabuzarliklar orasida eng ko‘p xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanish holatini (166 ta) qayd etgan. 8 ta holatda haydovchilar yo‘l belgilari va svetoforning signallarini mensimasdan harakatlangan. 10 nafar haydovchi mashinani mast holda va 12 nafari hujjatsiz boshqargan. Taqiqlangan holda quvib o‘tish holati 34 marta qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qoidabuzarlik to'y

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing