Toshkentda to‘rtta mashina to‘qnashdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 26 sentyabr kuni soat 16:40 larda Toshkent shahar Mirobod tumani Nukus ko‘chasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, haydovchilar:

1) 1996 yilda tug‘ilgan N.F. boshqaruvidagi Toyota;
2) 1998 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi Nexia; 
3) 1986 yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi Spark;
4) 2000 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi Labo rusumli transport vositalari to‘qnashgan.

Hodisa natijasida Spark haydovchisi J.J. hamda Labo haydovchisi N.A. tan jarohati olgan, voqea joyiga tez tibbiy yordam xodimlari kelib birinchi yordam ko‘rsatishgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

224

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing