Toshkentda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filiali ochiladi

Jamiyat

image

Kecha, 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filiali tashkil etiladi.

Filialning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishni kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.

Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi va filialda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-19 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo‘lib qaytgan edi. Ushbu tashrif davomida  O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Turkiya Palatalari va birjalari ittifoqi “TOBB” qoshidagi Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkentdagi filialini ochish yuzasidan memorandum imzoladi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining filialini ochish tashabbusi 2019 yilning oktyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda ilgari surilgan va kelishilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing