Toshkentda Tracker “stolba”ga borib urildi
Jamiyat
−
22 mart 2024 7949 1 daqiqa
Chilonzor tumanida Tracker ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21 mart kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida haydovchi Tracker rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda u yoritkich ustuniga borib urilgan.
"YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq poytaxtda Captiva va Lacetti to‘qnashgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025