“Toshissiqquvvati” xodimi 27 mln so‘mni o‘zlashtirdi
Jamiyat
−
19 iyun 2019 4652 1 daqiqa
Toshkent shahrida 27 mln so‘m mablag‘larni o‘zlashtirgan issiq suv xizmati texnik xodimi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan “Toshissiqquvvati” DUK Chilonzor tumani bo‘limi murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruv natijasida shu bo‘limning texnik xodimi Z.M. 2018 yil davomida 58 nafar fuqarolar tomonidan isitish tizimi va issiq suv manbai uchun to‘langan pullarni iste’molchilarning shaxsiy hisob-raqamlariga tushirmasdan, ularga to‘lov kvitansiyalarini yozib berish orqali jami 27 mln. so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Z.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28