Toshkentda Tico 3 yoshli bolani urib yubordi
3-sahifa
−
08 iyul 8963 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida Tico avtomobili yosh bolani urib yuborgani aks etgan video taqraldi. Holat yuzasidan poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu yo‘l transport hodisasi bugun, 8 iyul kuni soat 13:30 da Shayxontohur tumanining Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi F.X. Tico rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurib kesib o‘tayotgan, 2022 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan piyoda A.Sh.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Bektemir tumanida yuk avtomashinasi piyodani urib yuborgandi. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr