Toshkentda tezyurar avtobuslar qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishi aytildi

Jamiyat

image

Hozirgi kunda, horijiy konsultantlar tomonidan Toshkentdagi 3 ta yo‘nalishda (“Chilonzor” buyum bozori, “Chorsu” savdo markazi, TTZ) yo‘nalishlarida BRT (Bus Rapid Transit) – tezyurar avtobus xizmatini tashkil etish taklif etilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

Chilonzor buyum bozoriChorsu savdo markazi yo‘nalishi o‘rtacha masofasi 20,6 km, tasarruf tezligi 25 km/soatni, o‘rtacha qatnov vaqti 50 daqiqani, oraliq interval 4 daqiqani, tashilishi kutilayotgan yo‘lovchilarning o‘rtacha oqimi 42 mingtani tashkil qiladi.

Yo‘nalish harakatlanadigan ko‘chalar: Navoiy ko‘chasi — 6,2 kilometr, Shahrisabz ko‘chasi — 3,2 kilometr, Shota Rustaveli ko‘chasi — 6,2 kilometr, Gavhar ko‘chasi — 2,4 kilometr, Bunyodkor ko‘chasi — 2,6 kilometr.

“Chorsu” savdo markazi – TTZ yo‘nalishi o‘rtacha masofasi 20 kmni tashkil etib, tasarruf tezligi 25 km/soatni, o‘rtacha qatnov vaqti 48 daqiqa, oraliq interval 3 daqiqani, kunlik tashilishi kutilayotgan yo‘lovchilarning o‘rtacha oqimi 27 mingtani tashkil etadi.

Yo‘nalish harakatlanadigan ko‘chalar: Yuzrabod ko‘chasi: 2,18 km, Feruza ko‘chasi 1,72 km, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 7 km, Maxtumquli ko‘chasi 1,8 km; Shahrisabz ko‘chasi 1,1 km, Navoiy ko‘chasi 6,2 km.

Ushbu alohida yo‘laklarda harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish orqali 122 mingdan ziyod yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.

Yo‘nalishlarda joylashgan 36 ta chorrahani qayta loyihalash ishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, alohida yo‘laklarda harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarini takrorlovchi 50 ta avtobus va 8 ta yo‘nalishli taksi harakatiga o‘zgartirish kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing