Toshkentda tez yordam haydovchisi do‘pposlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Sergeli tumanida tez yordam xodimlari kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi.

Bugun, 27 fevral kuni ertalab soat 03:25 larda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filialiga Sergeli tumani 4-dahasidagi xonadonlarning biridan chaqiriq kelib tushgan. Shundan so‘ng, tez-tibbiy yordam brigadasi xodimlari – shifokor T.A. va feldsher X.O. belgilangan manzilga sanoqli daqiqalar ichida yetib borgan.

Kaltaklanishi oqibatida jiddiy tan jarohati olgan 1979 yilda tug‘ilgan bemor ayol A.A.ga “103” brigadasi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, feldsher X.O. bemorning holatidan kelib chiqib, uni zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo‘limiga olib borish kerakligini aytgan. 

Shu payt bemorning tanishi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro K.A. uni go‘yoki A.A.ga yaxshi qaramayotganlikda ayblab, feldsherga tahdid qilgan. Qolaversa, fuqaro tibbiyot xodimini himoya qilgan tez tibbiy yordam haydovchisi, 1970 yilda tug‘ilgan T.S.ni urib, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabrlangan tez tibbiy yordam haydovchisi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Tekshiruvlar natijasida u “bosh miya yopiq jarohati, chayqalish, burun suyagining sinishi, burun yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” dastlabki tashxisi bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Hozir bemor belgilangan standartlar asosida tibbiy muolajalarni olmoqda.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan 33 yoshli fuqaro K.A. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ichki ishlar organlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tez yordam xodimlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing