Toshkentda tergovdan qochib yurgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahar  Ichki ishlar bosh boshqarmasi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan shaxslar qidirilayotgani haqida e’lon bergandi. Ularning orasida Rustam Umarov ismli shaxs ham bor edi va u ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB ma’lum qildi.

“Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida qidiruvdagi R.Umarov ushlandi. Befarq bo‘lmagan barcha fuqarolarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Gumon qilinuvchilar:

  • 1990 yilda tug‘ilgan Akromjon Abdullayev Baxtiyorovich
  • 1995 yilda tug‘ilgan Toxirjon  Pattayev Xakimboy o‘g‘lining qidiruvi davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarni ko‘rsangiz yoki ular haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 98-364-02-03 Telegram raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb 40 kunlik”i doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tergov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing