Toshkentda tegajog‘likka uchragan qizning otasi uning stressdaligi haqida ma’lumot berdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Mirobod tumanida begona erkak tomonidan tegajoqlik qilingan qiz ayni paytda stress holatida. Bu haqda qizning otasi ma’lum qildi. 

“Qizim maktab o‘quvchisi. 19 aprel kuni maktabdan qaytayotganda orqa tomondan notanish fuqaro kelib, og‘zini berkitib, bo‘ynidan bo‘g‘ib yiqitgan. Ushbu holat bo‘yicha ertalab turmush o‘rtog‘imdan eshitdim. Qizim hozir stress holatda. Videoda qarasangiz orqada kelayotganida ko‘rmay qolgan, erkakni tanimaydi. Yaxshiyam baqirgani uchun qochib ketgan, hech narsasini olmagan, qizim qo‘lida ushlab qolgan. Tuman IIBga borib, murojaat qildim. O‘sha bolaga nisbatan qattiq chora ko‘rishlarini so‘rab qolardim”, deydi qizning otasi.

Shuningdek, qiz yashaydigan “Inoqobod” MFY raisi Nursuluv Sabikova fikr bildirib, videodagi yigitni o‘zi ham ko‘rgani, ammo tanimasligini aytib o‘tgan.

“To‘g‘risi, juda shokka tushdik hammamiz. Psixologlar kelishdi va ayni paytda qiz bilan ishlashyapti. O‘zim ham suhbatlashdim. Ozroq qo‘rqqan, lekin hammasi joyida, Xudoga shukr”, deydi u.

Qiz tahsil olayotgan maktab xodimi uning 11-sinfda o‘qishini va sinfdoshlari ichida juda faol, liderlardan ekanini aytgan. Uning keltirishicha, qiz maktabga borib, soat 10:00 larda O‘zbekiston Milliy universitetida matematika fakultetida bo‘lib o‘tgan olimpiadada qatnashib, uyiga qaytayotganda ushbu holat yuz bergan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida erkak maktabdan qaytayotgan 17 yoshli qizning orqasidan kelib, quchoqlab, yuzidan o‘pib, qo‘yib yuborgan edi. Keyinchalik Toshkent shahar IIBB mazkur ishni sodir etgan O.O. ushlanib, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi

Qayd etish joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 11 aprel kuni imzolagan qonunga ko‘ra, jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish harakatlari uchun 1,5 mln so‘mgacha jarima yoki 5 sutkagacha qamoq jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirobod shilqimlik tegajoqlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing