Toshkentda talaba ishqiy munosabat uchun chaqirilgan ayolni bo‘g‘ib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 25 yoshli talaba yigit ijaraga olingan xonadonlarning birida ishqiy munosabat qilish uchun chaqirgan ayolni bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bunga ayolning yigitni “shantaj” qilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 iyun kuni poytaxtning Yashnobod tumanida sudlanuvchi ayolni ishqiy munosabatda bo‘lish uchun ijaraga olingan xonadonga chaqirgan. Ushbu uyda ularning o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Oqibatda yigit marhumani qasddan bo‘g‘ib o‘ldirib, murdani yashirish maqsadida choyshabga arqon yordamida o‘ragan va voqea joyidan yashiringan.

“Ikkinchi bosqich bakalavr talabasiman. Telegram'dan xirsimni qondirish maqsadida o‘sha kanalga kirdim, ya’ni yengil tabiatli ayollar e’lonlar kanaliga. Boshqa kunlik kvartiralar qidirdim. Bitta qizning lichkasiga o‘tdim. Keyin undan batafsil so‘radim. Soatini 1 mln 200 ming so‘m dedi. Hammasi o‘z joyida ketayotgan edi. Tinmasdan uni telefoni jiringlab yotardi. Kim bilandir gaplashishni boshladi. Keyin menga tahdid qila boshladi. “Hozir menga qayerda bo‘lsa ham 5 million so‘m topib berasan, bo‘lmasa seni qamatib yuboraman”, deb birdan o‘rtachadan baland ovozda qichqiriq aralash shantaj ishlatdi. Men umuman o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Shunday qichqirayotganda barmoqlarim bilan og‘zini yopayotganimda, barmog‘imni tishlab oldi. Barmog‘imni tishlaganida qo‘llarim bo‘yniga ketib qolibdi. Keyin nima bo‘lganini bilmayman. Turtib ko‘raymi desam, tana tarashadek qotib qolgan ekan. Men judayam qo‘rqib ketdim. Surxondaryoga ketdim, qo‘rqib ketdim men”, deydi yigit sud zalida.

Bugun, 7 oktyabr Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida yuqoridagi holat bo‘yicha sud ishi ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senatning 10-yalpi majlisida talabalar orasida jinoyatlar ortgani, xususan 2025 yilning 6 oyi davomida 102 ta oliy ta’lim muassasasining 307 nafar talabasi tomonidan jinoyat sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent talaba ishqiy munosabat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing