Toshkentda taksi haydovchisini urgan bloger qamoqqa olindi (video)
3-sahifa
−
14:02 4277 1 daqiqa
Toshkentda taksi haydovchisi va yo‘lovchi o‘rtasidagi mojaro ortidan haydovchiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot-multimedia markazi boshlig‘i o‘rinbosari Qahramon Xudoyberganov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bloger Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida qamoqqa olingan.
O‘zi nima bo‘lgan edi?
Joriy yilning 17 avgust kuni Toshkentning Yashnobod tumanida taksi haydovchisi va yo‘lovchi ayol o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani va mojaro vaqtida ayolning ikki tanishi bo‘lgan blogerlar ham voqea joyiga kelib, haydovchi bilan janjallashgani haqida xabar berilgan edi. Ular haydovchini haqorat qilgan va unga nisbatan kuch ishlatgan.
Shundan so‘ng, haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Unda peshona va ensa sohalarida shishlar, shuningdek, yelka, yonbosh, ko‘krak va qorin sohalarida shilingan jarohatlar aniqlangan.
Blogerlar esa dastlab haydovchini yo‘lovchi ayolga nisbatan jinsiy tegajog‘likda ayblab, voqea aks etgan videolarni tarqatgan. Keyinchalik ular videomurojaat bilan chiqib, jamoatchilikdan o‘zlarini oqlashda yordam so‘ragan. Keyin esa bu videolar sahifalaridan o‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda yo‘l-patrul xizmati inspektorining qo‘lini avtomobil oynasi orasida qisib, mashinani boshqarib ketgan haydovchi qamoqqa olingandi.
Live
Barchasi