Toshkentda “Suvsoz”ning ikki xodimi aloqa qudug‘ida zaharlanib, halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyun kuni aloqa qudug‘iga tushgan “Suvsoz” DUK xodimlari zaxarlanib, vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ertalab soat 9:00 va 9:30 bo‘lgan vaqt oralig‘ida “Suvsoz” DUK xodimlari 1989 yilda tug‘ilgan X. B. va 1988 yilda tug‘ilgan X. N. suv ta’minoti tizimida profilaktika ishlarini olib borish maqsadida KXAYda joylashgan Yakkasaroy tumanidagi “Sazanchik” kafesi ro‘parasidagi aloqa qudug‘iga tushishgan.

Taxminga ko‘ra u yerda to‘plangan zaharli gazlar tufayli yuqorida aytilgan fuqarolar bo‘g‘ilib o‘lganlar. Ularni qutqarishga harakat qilgan 42 yoshli H.R zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

103-tizimiga voqea haqida guvohlar xabar berishgan. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent fojia

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing