Toshkentda Suriyadagi terrorchi tashkilotlarning bir guruh a’zolari ushlandi
3-sahifa
−
18 avgust 2021
17924Toshkentda Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining bir guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining bir guruh a’zolari, hozirda qidiruvda bo‘lgan quyidagi shaxslar bilan internet tarmog‘i orqali aloqada bo‘lib kelganlikda gumonlanmoqda:
• 1978 yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanida istiqomat qilgan Feruza Sabitovna Musajonova;
• 1981 yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qilgan Sarvar Odiljonovich Qosimov;
• 2001 yilda tug‘ilgan, Uchtepa tumanida istiqomat qilgan Abdurahim Abdumalik o‘g‘li Abduqahhorov;
• 1993 yilda tug‘ilgan, Yashnobod tumanida istiqomat qilgan Dilshod Murod o‘g‘li Jumaboyev;
• 1999 yilda tug‘ilgan, Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qilgan Abdulaxad Baxtiyor o‘g‘li Muhammadbakiyev;
• 1990 yilda tug‘ilgan, Yunusobod tumanida istiqomat qilgan Mirolim Mirsamuxovich O‘lmasov;
• 2001 yilda tug‘ilgan Sergeli tumanida istiqomat qilgan Nodir Jaxongir o‘g‘li Sobirjonov.
Toshkent shaxar IIBB tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Sergeli tumanlari hududidagi 108 ta manzilda prokuror sanksiyasi asosida tintuv tergov harakati o‘tkazilib, 94 nafar shaxslar ichki ishlar bo‘limlariga olib kelingan.
“Tadbir davomida, ushlangan shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, ekstremistik oqim va xalqaro terrorchilik tashkiloti targ‘ibotchilarining aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va taqiqlangan materiallar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi”, deyiladi xabarda.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 1 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 10 nafar shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jazo choralari tayinlangan. Hozirda tergov-tezkor tadbirlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15