Toshkentda so‘nggi 5 oyda 29 kishi YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
15 iyun
2679Joriy yilning yanvar-may oylari davomida poytaxt Toshkentda 29 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboni bo‘ldi. Bu haqda kecha, 14 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida YHXB tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z borgan.
Qayd etilishicha, oxirgi besh oy davomida Toshkent shahrida 393 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan.
YTHlar tahlil qilinganda, 99% holatlarda haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik, piyodalarning belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tishi asosiy sabab bo‘layotgani aniqlangan.
Poytaxt IIBB boshlig‘i YTHning oldini olish maqsadida har bir avariya o‘choqlarini tahlil qilish, tahlil asosida zaruriy chora-tadbirlarni belgilash, haydovchilar va piyodalar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot choralarini yanada kuchaytirish kerakligini aytgan.
Uchrashuvda, shuningdek, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi faoliyatiga to‘xtalib, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida “Yunusobod”, “Chilonzor”, “Uzbum-Mirobod”, “Fayzobod” ro‘yxatlash bo‘linmalarida 3 bosqichli yangi elektron tizim joriy etilganligiga alohida ta’kidlangan. Bunda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha jarayonlar elektron qurilmalar va Yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishi nazarda tutilganligi, biroq ayrim hollarda xodimlar tomonidan bu tizimdan to‘liq foydalanilmayotganligi tanqid qilingan.
LiveBarchasi