Toshkentda sudya jinoiy javobgarlikka tortiladi
3-sahifa
−
03 aprel
5473Sudyalar oliy kengashi Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sudyasi Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 3 aprel kuni Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishi bo‘lgan va unda Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi Sh. A.ni Jinoyat kodeksining 168-, 28/211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.
Yakunda Kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sudyasi Sh. A. 15.000 AQSH dollari miqdoridagi pora predmetini qaytarayotganda qo‘lga tushgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi