Toshkentda sudya 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sudyasi Sh. A. 15.000 AQSH dollari miqdoridagi pora predmetini qaytarayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sudya avvaliga pora olgan va keyinchalik uni qaytarayotgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq fuqarolik ishlari bo‘yicha  Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B. 200 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushgandi. Sudyalar oliy kengashi Bosh prokurorning sudyani Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasini ko‘rib chiqib, uning jinoiy javobgarlikka tortilishiga rozilik bergan va sudyalik vakolatini to‘xtatgan. O‘tgan yilda esa  4 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olingan jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi 5 yilga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing