Toshkentda Spark uy devoriga urildi

3-sahifa

image

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Spark xonadon devoriga borib urildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Voqea joriy yilning 21 fevral kuni soat 16:00 da Geofizika ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi – 1990 yilda tug‘ilgan Q.A. Spark rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, “Alisherobod” MFY qarshisida rul boshqaruvini yo‘qotib uyning devoriga urilgan.

To‘qnashuv natijasida haydovchi Q.A. “chap boldir ikkala suyaklari o‘rta uchligidan yopiq sinib maydalanib siljiganligi, o‘ng qo‘l 5 kaft sohasida kesilgan jarohati borligi, tanasidan ko‘plab shilingan jarohatlar borligi” tashxisi bilan shifoxonaga murojat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing