Toshkentda Spark suvga tushib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 24 iyun kuni Toshkent viloyatida Spark avtomobili suvga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chirchiq shahrining “Iqbol” mahallasi hududida 1971 yilda tug‘ilgan D.M. ismli haydovchi Spark mashinasida orqaga harakatlanayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, suvga tushib ketgan.

 

Shundan so‘ng, avtomashina suvdan olib chiqilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar mavjud emas.

Bildirilishicha, holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaliqda Damas suvga tushib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Chirchiq Spark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing