Toshkentda Spark piyodani urib yubordi
3-sahifa
−
17 iyun 2023
5191Toshkent shahri Yashnobod tumanida 28 yoshli fuqaro Spark avtomashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Kecha, 16 iyun kuni soat 08:10 larda Yashnobod tumanida fuqaro N.S. Spark mashinasini boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan 1995 yilda tug‘ilgan A.T.ni urib yuborgan.
Piyoda A.T. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
"Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida ISUZU rusumli avtobus va Lacetti avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr