Toshkentda Spark er-xotinni bosib ketishi oqibatida ayol vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahar Olmazor tumanida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tgan ayol vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 27 mart kuni sodir bo‘lgan. Er-xotin piyodalar yo‘lining belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Dastlab ularga Damas rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l bergan, ammo orqada Spark’ni boshqarib kelayotgan ayol tormoz bosishga ulgurmay, ikki piyodani urib ketgan. 

Buning oqibatida ayol qorin bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasi jarohati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u o‘sha kuni soat 15:10 da jonlantirish bo‘limida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing