Toshkentda sobiq IIBB xodimi 2 yoshli bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur YTH bo‘yicha rasmiy xabar berdi.

Unga ko‘ra, YTH bugun, 24 avgust kuni taxminan soat 01:10 da Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida yuz bergan. Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Toxirxo‘ja A. piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan. YTH oqibatida 2 yoshli T.Ch. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Qizaloq shifoxonada vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi, shahodatlash komissiyasidan o‘tmagach, rahbariyatning buyrug‘i asosida joriy yilning 20 avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra haydovchi spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgan va piyodalarni ko‘rmay qolgan.

Mazkur fakt asosida Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 1 qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda olib borilayotgan tergov ishlarining yakuniga ko‘ra qonuniy chora ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing