Toshkentda shifokorning aybi bilan bemor vafot etgani aniqlandi
3-sahifa
−
03 Oktabr 2023 17321 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 3-sonli bolalar shifoxonasida shifokorlarning layoqatsizligi sababli bemor vafot etgani, muassasada tibbiy jihozlar va dori-darmonlar yetarli emasligi haqida xabarlar tarqaldi. Shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu voqea joriy yilning yanvar oyida yuz bergan bo‘lib, huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilib, uning natijasi bo‘yicha javobgarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. Shifoxona moddiy-texnik bazasi esa bosqichma-bosqich yangilanmoqda.
Xususan, shifoxonada 2023 yil uchun dori-darmon xaridiga 2 milliard 101 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan. Taqqoslash uchun bu 2017 yilga nisbatan 3 barobar yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
“2022 yil yanvar oyida muassasaning “V” binosi jihozlangan holda foydalanishga topshirilib, bemorlarga qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Yordamchi binoda qurilish-ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi xususiy klinikada vafot etgan edi. U joriy yilning 12 sentyabr kuni tutqanoq tutishi oqibatida hushini yo‘qotgan va birinchi yordamdan so‘ng o‘ziga kelgan. Biroq 13 sentyabr kuni unda ikkinchi tutqanoq kuzatilganidan keyin joni uzilgan.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral